date

O‘zbekistonliklar Myanmadagi mehnat qulligidan qutqarildi

O‘zbekistonliklar Myanmadagi mehnat qulligidan qutqarildi
Tailanddagi O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh konsulliklari odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqarolarni uylariga qaytarishda yordam berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”. Shuningdek, o‘zbekistonlik va qozoq diplomatlari Bishkekning iltimosiga binoan bir nafar qirg‘izistonlikni ham vatanga qaytarishda ko‘maklashdi.

Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, ular Tailandga yuqori maoshli ish umidida borgan. Biroq, mamlakatga yetib borgach, noqonuniy ravishda Myanmaga olib o‘tilib, aldov yo‘li bilan ishlaydigan qo‘ng‘iroq markazlarida majburiy mehnatga jalb qilingan.

Qutqarilgandan so‘ng jabrlanganlar vaqtinchalik boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minlandi. Dekabr oyining boshida ular o‘z yurtlariga qaytarildi.

O‘zbekiston bosh konsulligi fuqarolarni xorijda ish takliflarini diqqat bilan o‘rganishga chaqirdi. Konsullik, shuningdek, Tailand, Kambodja, Myanma va Laosdagi mehnat masalalari bo‘yicha o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Bu Markaziy Osiyo fuqarolarini Myanmadagi mehnat qulligidan qutqarish bo‘yicha birinchi holat emas. Bungacha ham O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolari uylariga qaytarilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklar Myanmadagi mehnat qulligidan qutqarildi