
Xabarovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosining vafoti bilan bog‘liq holat O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi nazoratiga olingani ma’lum qilindi. TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiyadagi diplomatik vakolatxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur ko‘mak ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish ishlari tashkil etilmoqda. TIV bayonotida hozircha o‘lim sabablariga doir rasmiy tasdiqlangan ma’lumot mavjud emasligi, vakolatli idoralardan aniq ma’lumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishi qayd etildi.
Bosh konsulxona ushbu holatni tekshirish bo‘yicha Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda Rossiya TIViga so‘rovlar yuborgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda OMON xodimlari ikki nafar o‘zbekistonlikni kaltaklagani, ular komaga tushib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Idora ikkinchi fuqaro bo‘yicha tarqalgan ma’lumot tasdiqlanmaganini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.