date

Eron OAV namoyishchilar Malekshohiy ustidan nazorat o‘rnatganini rad etdi

Eron OAV namoyishchilar Malekshohiy ustidan nazorat o‘rnatganini rad etdi

Eronning davlat OAVlari G‘arb nashrlarida tarqalgan “namoyishchilar mamlakat g‘arbidagi Malekshohiy okrugi ustidan nazorat o‘rnatdi” degan xabarlarni inkor qildi. Rasmiy bayonotlarda aytilishicha, bir necha soat davom etgan keskin vaziyatdan so‘ng Malekshohiydagi holat to‘liq barqarorlashgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Bundan avval Fox News Malekshohiy hamda Ilom viloyatidagi Abdanon shahri namoyishchilar qo‘liga o‘tgani haqida xabar bergan edi. Eron axborot agentliklari esa tartibsizliklar chog‘ida radikal guruhlar turli provokatsiyalar uyushtirib, banklarni vayron qilgani, hujjat va texnikalarni yo‘q qilgani, shuningdek, huquq-tartibot xodimlariga qarata o‘q uzgani haqida ma’lum qilmoqda.

Eronda ommaviy noroziliklar dekabr oxirida milliy valyutaning keskin qadrsizlanishi fonida boshlangan. Aholi noroziligiga riyal kursining keskin tebranishi va narxlar oshishi sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng Markaziy bank rahbari Muhammad Farzin iste’foga chiqqan, 31 dekabr kuni prezident farmoni bilan uning o‘rniga Abdolnoser Hemmati tayinlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron OAV namoyishchilar Malekshohiy ustidan nazorat o‘rnatganini rad etdi