date

Rossiyada tibbiy ko'rikdan bo'yin tovlagan migrantlarni jarimaga tortish taklif qilindi

Rossiyada tibbiy ko'rikdan bo'yin tovlagan migrantlarni jarimaga tortish taklif qilindi

Rossiyada majburiy tibbiy ko'rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan xorijiy fuqarolar jarimaga tortilishi, sud esa ularni mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bu boradagi qonun loyihasi yaqin kunlarda Davlat dumasiga kiritilishi kutilmoqda, dedi quyi palata spikeri Vyacheslav Volodin. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Shuningdek, uch oydan ortiq muddatga kelayotgan migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati 90 kundan 30 kungacha qisqartirilishi rejalashtirilgan. Tibbiyot muassasalari xulosalar bo‘yicha ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligiga, aniqlangan yuqumli kasalliklar haqidagi axborotni esa Rospotrebnadzorga yuborishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, xavfli kasalliklar yo‘qligi haqidagi tibbiy hujjatlarni soxtalashtirish va bunday hujjatlarni muomalaga kiritganlik uchun jazoni kuchaytirish ham taklif etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada tibbiy ko'rikdan bo'yin tovlagan migrantlarni jarimaga tortish taklif qilindi