date

Rossiya 2030 yilgacha Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni qariyb ikki baravar oshirmoqchi

Rossiya 2030 yilgacha Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni qariyb ikki baravar oshirmoqchi

Rossiya 2030 yilga borib Oʻzbekistonga gaz eksportini sezilarli oshirishni rejalashtirmoqda. Rejalarga ko‘ra, yetkazib berish hajmi hozirgi 5,6 mlrd kub metrdan 12 mlrd kub metrgacha ko‘tarilishi kutiladi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Xuddi shunday o‘sish Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham nazarda tutilgan: Qozog‘istonga yuboriladigan gaz 3 mlrd kub metrdan yiliga 6–7 mlrd kub metrga, Qirg‘izistonga esa 0,5 mlrd kub metrdan 1 mlrd kub metrgacha oshishi mumkin.

«Gazprombank» huzuridagi iqtisodiy prognozlash markazi hisob-kitobiga ko‘ra, 2030 yilga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlariga gaz eksporti yiliga 19–20 mlrd kub metrga yetadi. Bu 2024 yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravardan ham ko‘proq.

Mutaxassislar ushbu rejalarning muhim qismi Rossiyaning Yevropa bozoridagi yo‘qotishlarini Markaziy Osiyo yo‘nalishi hisobidan qoplashga urinishlari bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. Biroq yetkazib berishning o‘sishi texnik va narx masalalari hal etilishiga bog‘liq.

Avvalo, «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri infratuzilmasini rekonstruksiya qilish zarur. Shu bilan birga, Oʻzbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ushbu quvur orqali quvvatlarga kirish imkoniyati uchun o‘zaro raqobatlashishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya 2030 yilgacha Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni qariyb ikki baravar oshirmoqchi