Henley & Partners reytingida Oʻzbekiston pasporti mavqeyi yaxshilandi

Henley & Partners kompaniyasining 2025 yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan global pasportlar reytingida Oʻzbekiston 105 davlat orasida 79-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich avvalgi reytingdagi 82-pog‘onaga nisbatan yaxshilangan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Reyting ma’lumotlariga ko‘ra, Oʻzbekiston fuqarolari 62 mamlakatga vizasiz borishi yoki vizani kelganda rasmiylashtirishi mumkin. Ushbu natija bilan Oʻzbekiston 79-o‘rinni Qirg‘iziston bilan bo‘lishdi.
Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar kesimida Qozog‘iston 64-o‘rindan joy olgan, Tojikiston 85-o‘rinda qayd etilgan, Turkmaniston esa 91-o‘rinni egallagan.
Reytingda Singapur yetakchilik qilmoqda — uning fuqarolari 193 mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega. Ro‘yxat yakunida Afg‘oniston turibdi: u yerdagi fuqarolar atigi 24 davlatga erkin safar qilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!