O'zbekistonda taqiqlangan ekstremistik resurslar ro'yxati yangilandi

O'zbekistonda ekstremizm va terrorizm g'oyalarini targ'ib qiluvchi deb topilgan manbalar hamda kontentning taqiqlangan ro'yxati qayta ko'rib chiqildi. Oliy sud ma'lumotiga ko'ra, yangilangan ro'yxat 2026 yil 10 yanvar holatiga tasdiqlangan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Sud bahosiga ko'ra, ro'yxatga ekstremistik qarashlarni yoyish alomatlari bo'lgan, zo'ravonlik va terrorizmni oqlovchi, shuningdek konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzni targ'ib etuvchi materiallar kiritilgan.
Idora eslatishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday materiallarni tarqatish, saqlash yoki targ'ib qilish ma'muriy yoxud jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin. Taqiqlangan manbalar va kontentning to'liq ro'yxati havola orqali e'lon qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing