date

Telegram 2025 yilda 44 milliondan ortiq kanal va guruhni blokladi

Telegram 2025 yilda 44 milliondan ortiq kanal va guruhni blokladi

Telegram ma’muriyati 2025 yil davomida platforma qoidalarini buzgan 44,085 million kanal va guruhni bloklagan. Bu ko‘rsatkich 2024 yil yakuniy natijasidan qariyb 2,7 baravar yuqori. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Eng katta tozalash ishlari 2025 yilning IV choragiga to‘g‘ri kelib, bu davrda 17,416 milliondan ortiq resurs yopilgan. Bu esa 2024 yil davomida bloklanganlar sonidan ham ko‘proq.

O‘chirilgan hamjamiyatlar orasida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallari tarqatilgan 950 mingdan ziyod guruh (28% o‘sish), shuningdek terrorchilik targ‘ibotiga aloqador qariyb 234 ming hamjamiyat (66,6% o‘sish) bor.

Sutkalik bloklashlar statistikasi ham e’tiborni tortadi: 2026 yil 1 yanvar kuni Telegram deyarli 543 ming hamjamiyatni o‘chirgan. Bu 2023 yil dekabridan beri bir sutkada olib tashlangan resurslar soni yarim milliondan oshgan uchinchi holat bo‘ldi. Avvalgi ikki shunday keskin ko‘rsatkich 2024 yil noyabrida qayd etilgan.

Raqamlar o‘sishi platformada qoidalar ijrosini global darajada kuchaytirish bilan izohlanmoqda. Telegram zo‘ravonlik, terrorchilik targ‘iboti va bolalar ekspluatatsiyasiga qarshi kurashishda yangi moderatsiya vositalarini faol joriy etayotgani bildirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Telegram 2025 yilda 44 milliondan ortiq kanal va guruhni blokladi