date

Toshkentda ob-havo bahorgi iliqlik qaytmoqda

Toshkentda ob-havo bahorgi iliqlik qaytmoqda

Oʻzgidromet xabariga koʻra, Toshkentda kun davomida havo ochiq boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi harorat 14–16 darajagacha koʻtariladi, kechasi esa 3–5 darajagacha pasayadi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Respublikaning boshqa hududlarida ham kunduz kuni asosan quyoshli ob-havo saqlanadi. Eng iliq havo Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilib, harorat 20 darajagacha yetadi. Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 18 darajagacha, Qoraqalpogʻiston hamda Fargʻona vodiysida esa 12 darajagacha iliqlik boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Kechasi ko‘pchilik viloyatlarda harorat +1…+8 daraja atrofida ushlab turadi. Qoraqalpogʻiston, Xorazm va Fargʻona vodiysida -3 darajagacha sovishi, Ustyurt platosi va baland togʻli hududlarda esa -5 darajagacha tushishi mumkin.

Shuningdek, tun va tong paytlarida respublikaning ayrim joylarida tuman kuzatilishi ehtimoli bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda ob-havo bahorgi iliqlik qaytmoqda