date

Samarqand shahrini millionlik shaharga aylantirish rejasi tasdiqlandi

Samarqand shahrini millionlik shaharga aylantirish rejasi tasdiqlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida Samarqand viloyatining ma’muriy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Qarorga ko‘ra, Samarqand tumani alohida ma’muriy birlik sifatida tugatiladi va uning hududi Samarqand shahriga qo‘shiladi. Bu orqali shaharning aholisi 604 mingdan 882 mingga yetishi, shu bilan birga zamonaviy arxitektura yechimlari asosida turar-joy va noturar binolar qurilishi, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoni yaratiladi.

Fraksiya a’zosi Diyor Husanov ta’kidlashicha, chegaralar o‘zgarishi Samarqand shahri hududini 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektargacha kengaytirib, yangi investitsiya va qurilish loyihalari uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Bu jarayonda turistik loyihalar, sport maydonlari, akvaparklar, havo sharlari, dam olish bog‘lari va ko‘ngilochar turizm obyektlari barpo etiladi. Shuningdek, yangi yashil hududlar, xizmat ko‘rsatish markazlari va logistika infratuzilmalari ham tashkil qilinadi.

Shu tariqa, Samarqandni «millionlik shahar»ga aylantirish g‘oyasi 2021 yildan buyon rejalashtirilgan bo‘lib, prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil noyabr oyida viloyatga tashrifi davomida bu keng ko‘lamli ma’muriy-hududiy o‘zgarishlarni e’lon qilgan edi.

Yangi reforma nafaqat shaharning aholi soni va infratuzilmasini rivojlantirish, balki turistik salohiyatini oshirish va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand shahrini millionlik shaharga aylantirish rejasi tasdiqlandi