09:43 / 29.10.2017
6 773

Bred Pittning Joli bilan o’tgan yillari “dahshatli” bo’lganmi?

Bred Pittning Joli bilan o’tgan yillari “dahshatli” bo’lganmi?
53 yoshli Bred Pitt jurnalistlarga Joli bilan turmushi sabab spirtli ichimliklarga ro’ju qo’yganini ochiqchasiga aytdi.

Aktyor Anjelina Joli bilan ajrashganidan keyin o’ziga kelib olish uchun psixoterapevtga murojaat qilgan va ayni kunlarda aktrisa bilan birga kechirgan hayotidan afsuslanmoqda, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko’ra, Joli Pittni pisand qilmagan va o’z e’tiborini faqatgina bolalarga qaratgan. “Ular bir-birlarini baxtsiz qildilar. Bu turmush dahshatdan boshqa narsa emasdi” deb yozadi juftlikka yaqin insonlardan biri.

Eslatib o’tamiz, juftlik 2016 yilning senyabr oyida bo’lib o’tgan oilaviy janjaldan so’ng ajrashishga qaror qilishdi. Ushbu janjal paytida oilaning katta o’g’li Meddoks onasining tarafini olgan, Pitt esa unga qo’l ko’targan. Anjelina darrov ularning orasiga tushib, Pittni to’xtatib qolgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bred Pittning Joli bilan o’tgan yillari “dahshatli” bo’lganmi?