19:10 / 09.12.2017
6 130

Astronavtlar kosmosda pitsa pishirishdi

Astronavtlar kosmosda pitsa pishirishdi
Halqaro kosmik stantsiya astronavtlari vaznsizlik sharoitida pitsa tayyorlashga muvaffaq bo’ldilar.

Xabarda aytilishicha, ushbu tajriba tashabbuskori, italiyalik astronavt Paolo Nespoli NASA bilan aloqaga chiqqan payti milliy taomlarni juda sog’ingani haqida aytgan.

Pitsa pishirish jarayonida Nespoli bilan birga amerikalik Rendi Breznik, Mark Vande Xay va Jo Akaba, rossiyalik Aleksandr Misurkin va Sergey Ryazanskiylar ham ishtirok etishgan. Nespoli pitsaning artishokli turini pishirgan bo’lsa, qolgan astronavtlar yegulikni odatiy usulda tayyorlashni ma’qul ko’rganlar.

Pitsaning tayyorlanish jarayonida asosiy masalliqlar sifatida pishloq, pepperoni va sarimsoq pastasi ishlatilgan bo’lib, ular avvaldan Halqaro kosmik stantsiya bortiga yetkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Astronavtlar kosmosda pitsa pishirishdi