4 714
Qozog‘iston havosi uchun «soliq» to‘lab, topib olgan 10 rubli uchun yig‘lagan o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi (video)
«Daryo» internet-nashri «Muhojirlar hayoti» loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarimizning fikrlarini e’lon qildi. Mazkur e’lon qilinayotgan navbatdagi monolog — 2005 yilda Qozog‘iston orqali Rossiyaga ishlashga borgan o‘zbekistonlikning 10 kun davomida qanday qiyinchiliklar bilan Moskvaga yetib olgani hikoya qilinadi (uni «Daryo» muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi). Muhojirning iltimosiga ko‘ra, ismi-sharifi va uning shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmadi, matn juz’iy tahrirlarga uchradi.
2005 yilning mart oyi edi. Qo‘shni qishloqdan 16 kishi Rossiyaga ishga ketyapti, yana ishchi bo‘lsa olib ketarkan, degan gapni eshitdim. O‘shanda dehqonchilik qilaman deb urug‘likka yeryong‘oq olib, chaqtirib qo‘ygandim. Qo‘shni qishloqqa borsam, bir ayol eri Rossiyada prorab ekani, oddiy ishchilarga 400—500 dollar, ustalarga 1000 dollardan va’da qilayotganini aytdi. Gaplariga ishonmadim, ammo ozroq ishlab kelsam, ota-onamga yordam bo‘ladi, deb o‘yladim. Otam avvaliga: «Bolam, ko‘z oldimizda dehqonchiligingni qilaver», dedi. Ammo oilamiz katta, akamga uy solish, singillarni turmushga berish, o‘zim esa uylanishim kerak. Otam oxiri noiloj rozi bo‘ldi. Urug‘lik uchun olgan yeryong‘oqlarimni sotdim. Qishloqda birinchilardan bo‘lib Rossiyaga yo‘l oldim. O‘shanda otam aytgan so‘zlar hamon yodimda: «O‘zingdan ortsa, jo‘nat. Bo‘lmasa, o‘zingni o‘yla».
2 mart kuni yo‘lga chiqdik. O‘rtadagi vositachilar Qozog‘iston orqali Moskva poyezdiga chiptasiz chiqarib yuborish uchun 170 ming so‘m pul so‘radi. Rozi bo‘ldik — o‘sha vaqtlarda bu ancha katta pul edi. Birinchi kuni chegaradan o‘tolmay ortga qaytdik. Toshkentdan qaytgach, ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi. Rossiyaga borish fikridan qaytib, pulini so‘ray boshlaganlar ham bo‘ldi. Vositachilar 5 mart kuni bizni yana Toshkentga olib ketdi. «Qoplonbek» postidan Qozog‘istonga o‘tib oldik. Kechgacha yuk mashinalar avtoturargohida o‘tirdik, qorong‘ida 2-3 mashina kelib, bizni Chingeldi qishlog‘iga olib ketdi. Yangi qurilgan uyga joylashdik. Qozog‘istonlik vositachilardan birining uyi ekan.
Poyezdlarda tekshiruv kuchli bo‘layotgani uchun besh kun o‘sha yerda qolib ketdik. Sumkalarimizdagi nonlarimiz oxirlay boshlagandi, choyni ham uy egalaridan sotib olardik.
Beshinchi kuni kechqurun o‘rtakash kelib: «Ertaga saharda poyezdga chiqamiz, tayyor turinglar», dedi. Tong qorong‘isida bir guruh musofirlar kelib, bizga qo‘shildi. Vohaliklar ekan, orasida ayollar ham bor edi. Ularning ortidan shirakayf bir qozoq keldi. «Hammang 100 rubldan yig‘laring», dedi. Pulimiz yo‘qligini aytgandik, «Bo‘lmasa hech qayerga ketmay, meni boqasanlar», dedi. Hamma hayron, poyezd kelishiga oz qolgan. Yoshi kattalar nega pul berishimiz kerak deb savol berdi. Qozoq bizga qarab: «Kelganlaringga necha kun bo‘ldi?», deb so‘radi. «Besh kun», deganimizdan so‘ng, «Ana, ko‘rdilaringmi, besh kun Qozog‘istonning havosidan nafas olgansanlar, to‘lamasalaring har narsa qilaman!», dedi. Noiloj, to‘ladik.
Poyezd keldi. Bekatda juda oz vaqt turar ekan — yugurib-yiqilib, amallab chiqib oldik. Ichi to‘la odam. O‘tirishga joy yo‘q. Bu «Toshkent—Ufa» reysi bo‘lib, unda asosan savdogarlar ekan. Yukxonaga chiqib yotdik. O‘rtakash: «Sigareta va suv-puv ichishingizga 300 rubl yetadi, qolgan xarajatlar mendan», degandi. Birinchi bor rubl ushlashimiz, uni ancha pul deb o‘ylaganmiz. Yo‘lda qorin ochdi, sumkamni qarasam bir dona non qolibdi — nonni o‘rtaga qo‘ydim-u, o‘zim zo‘rg‘a bir burda ushatishga ulgurdim. Bir yarim kun o‘tdi, tushlik qilmagandik. Kechki ovqatga biron narsa yeb olarman deb, tamburga yo‘l oldim. Yonimda 200 rubl qolgan, 100 rublni old kissamga, qolgan 100 rublni ichki kissamga yashirdim. Tamburda bir necha odam chekib turgan ekan. O‘zim chekmayman, ular bilan gaplashib turgandim — qozoq militsionerlari kelib, hammani titib, topgan narsasini olib qo‘ya boshladi. Pulimni yashirishga ulgurmadim, old cho‘ntagimdagi 100 rublni olib qo‘ydi. «Yegani hech narsam yo‘q, bu pulga non olaman, bering», dedim. Militsioner yuzimga tarsaki tushirib, «Pulni sendan olganimni isbotla, bo‘lmasa qamataman», dedi. Indamadim. U chiqib ketdi.
Yana plastik idishga hojatxonadagi umivalnikdan suv olib ichdik. Yotsam ham uyqum kelmaydi, qornim och. Bir yarim kun shu suv bilan yurdim. Issig‘im ko‘tarilib, tanam olovdek yonardi.
Shu tariqa Orenburgga yetib oldik. Poyezddan tushib, vokzalga kirdik. O‘sha yerning bir o‘rtakashi bor ekan, hammani bir tarafga saflab, 1000 rubldan yig‘masak, chiqib ketishimiz mumkinligini aytdi. Noiloj, pul yig‘dik — tashqari sovuq, qayoqqa ham borardik. Vokzalda ikki kun qolib ketdik. Qornimiz och, vaqt o‘tkazish uchun uxlaymiz. Tangalarni tashlab, 3-4 ta qora buxanka non olib, yedik. Kimlardadir pul bor, meniki tugagan, yeyishga hech vaqoim yo‘q. O‘rtakash ikki kundan keyin «Sakmarskaya—Moskva» poyezdiga chipta olib berishini, Moskvada bizni prorab yurtdoshimiz kutib olishini aytdi. Yana ikki kun pul yig‘ib, ikki marta buxanka non bilan kun ko‘rdik.
Moskvaga yetib borganimizda, bizni kutib olgani hech kim chiqmadi. Militsioner kelib, pasportlarimizni olib ketdi. Biroz o‘tgach, bir o‘zbek yigit kelib, 100 rubldan yig‘ib bersak, pasportlarimizni qaytib olishimiz mumkinligini aytdi. Qahraton, oyoqlardan sovuq o‘ta boshladi. Qornimiz och, qaltiray boshladik. O‘sha yerda odamlardan telefon so‘rab, bizni kutib olishi kerak bo‘lgan prorabga bir necha bor telefon qildik. U har safar turli bahonalar qilib, kechikayotganini aytardi. Unga baland ovozda gapira olmasdik — chunki bu yerda umid qilishimiz mumkin bo‘lgan undan boshqa inson yo‘q edi.
Sovuqda yetti soat turdik, oyoqlarimiz hech narsani sezmasdi. Sovuqda odam ko‘kimtir bo‘lib ketar ekan. Bir vaqt prorabning o‘zi telefon qilib qoldi. Kattalarimiz o‘zini bosib: «Qayerdasan, kutib qoldik-ku», deya olishdi. U bo‘lsa qurilishga odam kerakmasligini, faqat ustalarni olgani mashina jo‘natishini aytdi. Ichimizda ikki usta va ustalarga yordamchi bo‘lib, qo‘lidan ozroq ish keladigan bir kishi bor edi.
O‘zimiz bilmagan holda ikkiga ajraldik. Ustalar o‘zini bizdan nari olib, «Qo‘lingdan ish kelmasa, nega kelasanlar?», deb so‘kina ketdi. «Bizga baribir, ketaveramiz, senlar bilan ishimiz yo‘q», deyishdi. Ustalardan birining ukasi biz bilan birga turibdi, sovuq shunchalar o‘tib ketganidanmi, bilmayman, ular hatto o‘z yaqinlarini ham tan olmay ketishga tayyor edi.
Shu payt ustalardan biri sumkasini ochib, qorayib, mog‘orlab ketgan nonlarni ahlat idishga tashlay boshladi — biz sanab turdik, u mog‘or bosgan 12 ta nonni uloqtirdi. O‘tirib qoldim, ko‘zimdan yosh oqardi. «Nahotki! Qolganlar nonimga sherik bo‘lmasin deb, shuncha qiyinchiliklarda ham nonini ko‘rsatmagan bo‘lsa-ya, nomard! Balki ko‘rib qolishimizdan qo‘rqib, o‘zi ham yeya olmagandir». Uni ko‘rib, narigi ikki usta o‘ziga keldi chog‘i, so‘kinib, yana prorabga telefon qilib: «Hov, prorab bo‘lgan sendan, menga qara!.. Hoziroq mashina jo‘nat, o‘zing ham kel, yo‘qsa ariza yozib qamatamiz!», dedi. Prorab telefonnni o‘chirib qo‘ydi, so‘ng o‘zi qaytib qo‘ng‘iroq qildi. Hammamizni olib ketgani bir turk kelayotganini aytdi. Suyunib ketdik, sovuqda qotgan oyoqlarga ham jon kirgandek bo‘ldi.
Bir yosh turk yigiti bizni olib ketgani keldi. Pasportimizni militsiya xodimi olib qo‘yganini aytdik. Qonunni bilmaganimiz shu-da: chipta bilan uch kun yurish mumkin ekan. Haligi turk turgan joyidan ruschalab qichqirib, pasportimizni olib qo‘ygan militsionerga bir narsalar dedi. Biz rus tilini tushunmaymiz ham. Bir zumda militsioner pasportlarni ko‘tarib keldi. Ikkalasi o‘dag‘aylashdi. Turk ustun keldi, shekilli, pasportlarimizni qaytarib oldik. Turk yigitning ortidan ergashdik, u ozroq o‘zbekcha ham gapirarkan.
«Gazel»da yangi qurilgan, atrofi devor bilan o‘ralgan bino oldiga keldik. Turk yigit: «Ko‘chaga chiqmanglar, ruxsatnomasiz qorovullar kiritmaydi, biz ham yordam berolmaymiz», dedi. Ichkariga kirib, beshinchi qavatga chiqdik. Hali ta’miri bitmagan, yog‘ochlardan karavot yasalgan bir xonaga kirdik. Xayriyat, issiq ekan. Bu bir vaqtlar Farg‘onadan qochib kelgan mesxeti turklarga qarashli qurilish ekanini aytishdi. Bizning kelishimizga temir chelakda no‘xat pishirib turishgan ekan — ikki-uch martalab suzib ichdik. Keyin bizni chaqirgan odam ko‘rindi — pastdekkina bo‘yli, mo‘ylovi bor, eski kiyimdagi bir ishchi.
Ovqatlanib bo‘lgach, yigitlar tamaki chekkani zalga chiqdi. Bizni u yerda ko‘rgan boshqa bir turk: «Qorin to‘yishi uchun ishlagani kelganlar sizlarmi?», deb so‘radi. Hayron bo‘ldik. Keyin bilsak, prorabimiz ustidan ariza tushishidan qo‘rqib: «Kelganlar qorni to‘yishi uchun ishlab tursin», deb boshliqlaridan ruxsat so‘ragan ekan. Uning o‘zi yetti oydan beri maosh olmay yurgan, xotini har bir jo‘natgan odami uchun 30 ming so‘mdan pul olgani uchun, eriga: «Ularni qayerga bo‘lsa ham ishga joylaysan», deb aytgan ekan.
Hozir Rossiyaga kelib-ketish oson bo‘lib qoldi, shuning uchun mening bu gaplarim o‘sha kunlarni ko‘rmagan, o‘z boshidan o‘tkazmagan odam uchun ertakdek ko‘rinadi. O‘shanda, shuncha qiyinchilikdan so‘ng qaytib ketish or edi. Ba’zilar yo‘l kirasi uchun bitta mol sotib kelgandi. Uch oy maoshsiz yashab, yerdan 10 rubl topib olib, sevinib yig‘laganimni hech esimdan chiqarmayman. O‘sha 10 rublni albomimga skotchlab, avaylab olib qo‘yganman. Hozirgi kunlarimga shukurlar qilaman.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas