Tojikiston fuqarolari yana o‘z familiyalarini ruslashtirmoqda

1 daqiqa o'qish4.2K
Tojikiston fuqarolari yana o‘z familiyalarini ruslashtirmoqda
Tojikistonning minglab fuqarolari o‘z familiyasi va shariflarining -vich va -ov(-yev) qo‘shimchali ruscha ko‘rinishiga qaytdi. Bu haqida ushbu davlat hukumati huzuridagi til va atamashunoslik qo‘mitasi mas’ul xodimi Abdurahim Zulfoniyon ma’lum qildi.

“Qo‘mitamiz mutaxassislari qator tumanlar — Yavan, Spitamen, Istravshan, Shahriston va Matchda tadqiqot o‘tkazdi. Mehnat muhojirligidan qaytganlarning ko‘pchiligi Rossiyada ularning –i, -zod, -on, -yon, -yen, -niyo, -far bilan tugaydigan familiyalariga bog‘liq muammolar paydo bo‘lganini aytishdi. Shuning uchun ular yana o‘zlarining oldingi “ruscha familiyalari”ga qaytishdi”, — dedi u.

Bunday holat poytaxtda ham kuzatilayapti. Dushanbe shahridagi Firdavsiy tumani FHDYO bo‘limi mudiri Sayohat Do‘stizodaning aytishicha, unga mahalliy aholi o‘zlarining tojikcha familiyalarini –vich va –ov(-yev) qo‘shimchalari qo‘llanilgan muqobiliga o‘zgartirib berishni so‘rab tez-tez murojaat qilmoqda. Lekin uning so‘zlariga ko‘ra, familiyani “ruschasi”ga almashtirish mehnat migrantining Rossiyadagi hayotini yengillashtirishi qiyin. “Va qolaversa, menga ma’lumki, Tojikistonning –i, -zod, -on, -yon va boshqa qo‘shimchali yuzlab fuqarolari Rossiya fuqaroligini olishgan”, deydi S.Do‘stizoda.

Ammo ekspertlarning ishonchi komilki, familiyalarni ruslashtirish tojikcha ismni tojikcha familiyadan farqlay olmaslikdan shikoyat qilib keladigan Rossiya politsiyasi va ish beruvchilari bilan bog‘liq muammodan qochish imkonini beradi.

Manba: Tnews.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?