Benzemadan debyutdayoq xet-trik!: "Al Hilol"dan yirik g‘alaba (video)

Saudiya Arabistoni chempionatining 21-turi doirasida peshqadam «Al Hilol» navbatdagi kuch namoyishini amalga oshirdi. Riyodliklar safarda turnir jadvalining pastki qismida borayotgan «Al Ahdud» mehmoni bo‘lib, raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol yo‘lladi.
Ushbu bahsda asosiy qahramon — «Al Hilol» safida ilk uchrashuvini o‘tkazgan fransiyalik hujumchi Karim Benzema bo‘ldi. Debyut o‘yinidayoq u het-trik rasmiylashtirib, ustiga-ustak bir golga ham assist qo‘shdi va tabiiy ravishda bellashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Hisob 31-daqiqada ochildi: Benzema vaziyatdan ustalik bilan foydalanib, «Al Hilol»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymda riyodliklar yanada tezlashdi: 60 va 64-daqiqalarda Benzema yana ikki bor raqib himoyasini “yirtib”, o‘z nomi yozilgan het-trikni mukammal qilib qo‘ydi.
Shundan keyin ham «Al Hilol» to‘xtab qolmadi. 70-daqiqada Malkom o‘z imkoniyatini golga aylantirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 74-daqiqada Salim Ad Dosari hisobni yanada yiriklashtirdi. Uchrashuvga esa 90+3-daqiqada yana Salim Ad Dosari yakuniy nuqtani qo‘ydi — 0:6.
Saudiya Proligasi. 21-tur. 5 fevral
Al Ahdud — Al Hilol 0:6
Gollar: Benzema (31, 60, 64), Malkom (70), Salim Ad Dosari (74, 90+3).
Al Hilol — Bunu, Al Yami (Darisi, 78), Lajami, Kulibali (Al Mutairi, 84), Ernandes (Al Havsavi, 71), Milinkovich-Savich (Buabre, 84), Nevesh, Nosir Ad Dosari, Malkom, Salim Ad Dosari, Benzema (Mandash, 71).
Qisqasi, «Al Hilol» peshqadamlikka xos tarzda — ishonchli, sovuqqon va hujumda juda samarali o‘yin ko‘rsatdi. Benzema esa debyutdayoq “men bu yerga shunchaki kelmaganman” degan messejni juda baland qilib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!