date

Lamin Yamal tanqidlardan qochib futbolga to‘liq e’tibor qaratdi

Lamin Yamal tanqidlardan qochib futbolga to‘liq e’tibor qaratdi

«Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasining yosh yulduzi Lamin Yamal so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini sezilarli darajada kamaytirishga qaror qildi. Bu qadam ortida oddiy sabab emas, balki uning ruhiy xotirjamligi va futbolga to‘liq diqqat qaratishi yotibdi.

Fichajes nashrining yozishicha, mazkur qaror 18 yoshli iste’dod egasini ortiqcha tanqidlar, bosim va OAVdagi shov-shuvli muhokamalardan asrash maqsadida qabul qilingan. Zamonaviy futbolda yosh o‘yinchilar nafaqat maydonda, balki internet makonida ham katta bosimni his qilayotgani sir emas.

El Chiringuito TV dasturida jurnalist Xose Alvares bu borada qiziq ma’lumot berdi. Uning aytishicha, Lamin ijtimoiy tarmoqlardan ma’lum darajada uzoqlashish uchun hatto yangi mutaxassislar jamoasini ham jalb qilgan.

Alvares so‘zlariga ko‘ra, futbolchi bilan ishlayotgan guruhga professional maslahatchilar qo‘shilgan va ular Yamalga aniq yo‘nalish belgilab berishgan. Ayniqsa, uning ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan munosabati qayta ko‘rib chiqilgan.

Natijada Lamin ancha kam post joylay boshladi. Joylangan materiallar ham asosan futbol faoliyati va «Barselona» bilan bog‘liq mavzulardan iborat. Mutaxassislar unga ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, ortiqcha chalg‘ishlardan qochish va asosiy e’tiborni kareraga qaratish muhimligini tushuntirgan.

Ko‘rinadiki, yosh vinger erta mashhurlik keltiradigan bosimlarni to‘g‘ri boshqarishni o‘rganmoqda. Bu esa uning kelajakda yanada barqaror va kuchli futbolchi bo‘lib yetishishiga xizmat qilishi mumkin. Muxlislar esa Yamaldan ijtimoiy tarmoqlarda emas, balki maydondagi chiroyli o‘yini bilan ko‘proq xabar kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal tanqidlardan qochib futbolga to‘liq e’tibor qaratdi