Ziyodadan yangi tarona: “Ko‘ra olmaysiz” tez kunda premyera (video)

Ziyodadan yangi tarona: “Ko‘ra olmaysiz” tez kunda premyera (video)

Taniqli xonanda Ziyoda muxlislariga yangi qo‘shig‘i haqida xabar berdi. U “Ko‘ra olmaysiz” deb nomlangan taronasi tez kunda premyera qilinishiga ishora qildi.

Bu haqda xonanda o‘zining shaxsiy Instagram sahifasida ma’lum qilib, “tez kunda premyera” deb yozdi. Qisqa e’lon ham muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Hozircha qo‘shiqning aniq chiqish sanasi yoki klipi haqida ma’lumot berilmagan. Ammo muxlislar Ziyodaning yangi ijodini allaqachon intiqlik bilan kuta boshlagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar