date

Bokuda Qorabog‘ning sobiq rahbarlari umrbod qamoqqa hukm qilindi

Bokuda Qorabog‘ning sobiq rahbarlari umrbod qamoqqa hukm qilindi

Ozarboyjon poytaxti Bok-u shahridagi harbiy sud Tog‘li Qorabog‘ (Arsax)ning sobiq rahbarlari va bir qator amaldorlariga nisbatan hukm e’lon qildi. Mahalliy OAVlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tan olinmagan tuzilmaning sobiq “prezidenti” Arayik Arutyunyan hamda yana bir nechta yuqori lavozimdagi shaxslar umrbod ozodlikdan mahrum etildi.

Manbalarda qayd etilishicha, umrbod jazo olganlar qatorida Levon Mnatsakanyan (armiya qo‘mondoni), David Manukyan (armiya qo‘mondoni o‘rinbosari), David Ishxanyan (parlament raisi) va David Babayan (TIV rahbari) ham bor. Sud jarayonida ularga tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar, terrorizmga oid epizodlar, shuningdek, boshqa qator og‘ir ayblovlar qo‘yilgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, Tog‘li Qorabog‘ning yana ikki sobiq rahbari Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyan 20-yillik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, Madat Babayan va Melikset Pashayan (19-yildan), Garik Martirosyan (18-yil), David Alaverdyan (16-yil), Vasiliy Beglaryan, Gurgen Stepanyan va Erik Kazaryanga (15-yildan) ham hukm chiqarilgan.

E’tiborli jihati, ayrim manbalar Ruben Vardanyan ishi alohida ish yurituvda ko‘rib chiqilayotganini ta’kidlamoqda.

Qisqasi, hukm — mintaqa atrofidagi katta siyosiy-huquqiy tortishuvlarni yanada qizdirib yuborishi turgan gap. Shuning uchun bu mavzu yaqin kunlarda ham kun tartibidan tushmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bokuda Qorabog‘ning sobiq rahbarlari umrbod qamoqqa hukm qilindi