09:31 / 27.07.2018
2 872

Isroillik yigit lotereyada katta pul yutgach, uni boshqalar bilan bo‘lishgisi keldi

Isroillik yigit lotereyada katta pul yutgach, uni boshqalar bilan bo‘lishgisi keldi
Buning uchun alohida xayriya aksiyasini tashkil etdi. Aksiya ham o‘ziga xos bo‘ldi. Patriarxlar g‘orida saqlanayotgan, duolar yozilgan har bir kitob orasiga 200 shekeldan pul yashirib chiqdi. Jami berkitgan pullari miqdori 40 ming shekeldan iborat bo‘ldi. Shu haqda g‘or ishchilaridan biri Elemelex Karzan ma’lum qilgan.

Patriarxlar g‘ori Xevron shahrining qadimiy hududida qad ko‘targan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu g‘orga Avraam, Isaak, Iakov, ularning zavjalari Sarra, Rebekka, Liya dafn etilgan. Ba’zi ma’lumotlarda esa shu g‘orga Odam Ato hamda Momo havolar ham dafn etilganligi aytib o‘tilgan.

Pullarni birinchilardan bo‘lib g‘orni ziyorat qilishga kelgan yosh sayyohlar topib ola boshlashdi. Shu kuniyoq nomi ma’lum qilinmagan hotamtoy, yangi millionerning dovrug‘i butun Xevronga tarqaldi.

Hozir kitoblar ichidan pul topish ilinjida g‘orga odamlar oqib kelmoqda. Qarang, pul topish ilinjida shu qadar jazavaga tushib qolishibdiki, ular ko‘plab ilohiy kitoblarga ham jiddiy ziyon yetkazib ulgurishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroillik yigit lotereyada katta pul yutgach, uni boshqalar bilan bo‘lishgisi keldi