Parijning avariya-qutqaruv xizmati xodimi Ksavye Gurmelon malika Diana avtohalokatga uchragandan keyingi ilk daqiqalarda nima yuz bergani haqida soʻzlab berdi.
Gurmelon voqea joyi – Alma koʻprigi oldidagi tunnelga birinchilardan yetib kelgan. Uning aytishicha, yoʻl-transport hodisasidan keyin malika gapira olgan.
“Men uning qoʻllaridan ushlab, bezovta boʻlmaslik va qimirlamaslikni soʻrardim. Men biz bu yerga unga yordam berish uchun kelganimiz aytdim. U esa “Yo tangrim, nima yuz berdi?” deb javob qilgandi”, deb eslagan oʻsha voqealarni Gurmelon.
Qutqaruvchiga malika olgan jarohatlar yengil boʻlib tuyulgan: unda qon izlari va ogʻir jarohatlar izlari boʻlmagan. Gurmelonning aytishicha, Diananing oʻng yelkasi yengil shikastlangan boʻlgan, shu sababli u malikaning hayoti xavf ostidamas deb hisoblagan. Qutqaruvchi Diananing shifoxonada oʻlganidan hayratga tushganini aytgan.
Diananing oʻlimiga olib kelgan avtohalokat 1997 yil 31 avgustda yuz bergan. Diana ketgan, tadbirkor Dodi al-Fayozning avtomobili katta tezlikda tunnel devoriga borib urilgan, soʻngra yoʻldagi ajratuvchi toʻsiqqa urilib, toʻntarilib ketgan. Al-Fayoz va haydovchi voqea joyida jon bergan, Diana esa yoʻl-transport hodisasidan 2 soat oʻtib shifoxonada vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi