O‘zi katolik bo‘lsa-da, bemorlariga Qur’on va Injilni o‘qib beradigan sudanlik jarroh BMT mukofotiga sazovor bo‘ldi. Yuksak mukofotga Janubiy Sudanning Yuqori Nil provinsiyasidagi Bunj shahri Maban shifoxonasi shifokori Evan Atar Adaxa loyiq ko‘rildi. Bu haqda Islom.uz nashri ma’lum qildi.
Diniy e’tiqod bemorlarga yordam berishiga shifokorning o‘zi ishonch hosil qilgan, shuning uchun u anesteziya qilishdan avval bemorlarga majusiylar va musulmonlarning muqaddas kitoblaridan parchalarni o‘qib beradi.
Xabarda aytilishicha, shifoxonada bu erkak shifokor yigirma yildan beri ishlab keladi va bu vaqt davomida yangi tashkil topgan Sudan va Janubiy Sudan mamlakatlaridagi fuqarolik urushi va falokatlar oqibatida ko‘plab qurbonlarning hayotini saqlab qolishga erishdi.
«Mening kamtarona xizmatimga shunday ulkan mukofot berilganidan ko‘p ta’sirlandim. Ushbu mukofotga ma’lum bir pul mablag‘i berilishi ham ayni muddao bo‘ldi, biz ularni albatta shifoxonamizning birlamchi ehtiyojlariga ishlatamiz», – deydi jarroh mukofotni olish chog‘ida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi