17:00 / 05.01.2019
5 936

O‘zbekistondan joynamoz o‘g‘irlagan AQSh fuqarosi 5 yilga qamaldi

O‘zbekistondan joynamoz o‘g‘irlagan AQSh fuqarosi 5 yilga qamaldi
AQShda o‘tgan yilning yozida komikslar jamlanmasi, kolleksiya va joynamoz o‘g‘irlagan shaxs aybini tan olgach, qamaldi deb yozmoqda Qalampir nashri.

41 yoshli Markus Benner ikkita o‘g‘rilik qilish ayblovi bo‘yicha 5 yilga qamaldi. Bir ayblov sudya tomonidan bekor qilingan.
Benner 3 avgust kuni o‘g‘rilik qilayotganda qo‘lga olingan. Politsiya xodimi Benner jami 300 ming dollarlik komikslar jamlanmasi, kolleksiya buyumlari hamda harbiy anjomlarni o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan.

“Bundan tashqari, Benner komikslar jamlanmasini o‘marishidan bir necha kun avval O‘zbekistondan ikkita joynamoz o‘g‘irlagan”, deyiladi xabarda. Benner qo‘lga tushgach, politsiya bilan hamkorlik qilishni xohlamagan. Shundan so‘ng, order rasmiylashtirilib, Bennerning uyi tintuv qilingan. Natijada u yerdan ikkita joynamoz topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistondan joynamoz o‘g‘irlagan AQSh fuqarosi 5 yilga qamaldi