11:15 / 31.01.2019
4 171

AQShning sobiq davlat kotibi Tramp mamlakatni "sharmanda" qilayotganini aytdi

AQShning sobiq davlat kotibi Tramp mamlakatni "sharmanda" qilayotganini aytdi
AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri AQSh prezidenti Donald Trampning tashqi siyosati yo‘nalishini tanqid qildi va Trampning “mamlakatni jahon maydonida sharmanda qilayotganini” aytdi.

“Bu prezidentning diplomatiyani mutlaq nazarga ilmasligi davlatimizni jahon maydonida sharmanda qilmoqda, u demokratiyamiz asoslariga putur yetkazmoqda. U bizni ortga tashlab, Ikkinchi jahon urushi vaqtidan beri amerikalik yetakchilar dunyoni birlashtirish uchun qurgan institutlar va alyanslarga tahdid qilgan holda uyimizda bizni o‘zaro bo‘lakladi va Amerikani dunyoda yakkaladi”, deb yozgan Kerri Demokratik partiya tarafdoriga maktubda.

“Men o‘nlab yillar davlat xizmatidagi faoliyatim davomida Donald Tramp kabi bunchalik nifoq soluvchi yoki xavfli yetakchini ko‘rmaganman va albatta, Amerika prezidenti milliy xavfsizligimizga tvitlar yordamida tahdid qilganini ko‘rmaganman”, deb qo‘shimcha qilgan Kerri.

Shu munosabat bilan u Demokratlar partiyasi tarafdorlarini 2020 yilgi AQSh prezidenti saylovlari bo‘yicha saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun badallar ajratishga chaqirgan.

Kerrining ushbu bayonoti Venesuela atrofidagi vaziyat keskinlashgan va ushbu davlat muxolifat yetakchisining prezident sifatida AQSh tomonidan tan olinishi ortida paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, Tramp dekabrda Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishini e’lon qilgan. Uning bu qarori AQSh yuqori doiralari va ittifoqdoshlarida turlicha munosabat keltirib chiqargan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning sobiq davlat kotibi Tramp mamlakatni "sharmanda" qilayotganini aytdi