Chexiya prezidenti Milosh Zemanning Frekvence 1 radiostansiyasi efirida ma’lum qilishicha, Venesueladagi vaziyatga ehtimoliy harbiy aralashuv mamlakat muxolifati yetakchisi, o‘zini muvaqqat prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaydo uchun «sharmandali yakun»ga aylanadi. Bu haqda Kun.uz RIA «Novosti»ga tayanib xabar bermoqda.
Zemanning so‘zlariga ko‘ra, u ham Lotin Amerikasidagi diktatorlar, ham harbiy aralashuvlar, qo‘shinlarni kiritish va bostirib kirish to‘g‘risidagi maxsus taklifnoma-maktublarni yoqtirmaydi.
«Agar Xuan Guaydo Venesueladagi mavjud muammoni bartaraf qila olmasa va xorijiy himoyachilarga murojaat qilsa, unda u venesuelalik Gusak kabi sharmandali yakunga ega bo‘ladi», - deya taxmin qilgan Zeman.
Zeman nazarda tutgan Gustav Gusak sotsialistik Chexoslovakiyaning so‘nggi prezidentiga aylanib, o‘z lavozimini 14 yil davomida egallagan va undan «baxmal inqilobi» davomida ayrilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?