
Yaponiya kit ovlashga rasman qaytmoqchi. Mamlakat rasmiylari ayrim turdagi kitlarning qirilib ketishini oldini olish uchun ovlarga maratoriyni qo‘llab-quvvatlovchi Xalqaro kit ovlash komissiya safidan chiqishini ma’lum qildi. Hujjatlarni rasmiylashtirish joriy birinchi yarmida tugatilishi rejalashtirilmoqda.
Yapon qirg‘oqbo‘yi qishloqlaridan biri – Taydzida mahalliy ovchilar cheklovsiz ovga ruxsat tegishini sabrsizlik bilan kutmoqda.

Foto: MARK VOTIER/WDC
«Agar sotuvda har xil baliq go‘shti paydo bo‘lsa, iste’molchilar gavjum bo‘ladi, xarid quvvati oshishi mumkin», – mahalliy savdogar Sinichi Siozaki.
Tokiodan janubda joylashgan go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Gaybo Xogey» kompaniyasi prezidenti Yosinori Sodzi «hechdan ko‘ra, kech» naqliga amal qilib, yangilikni xush qarshilamoqda. Shunga qaramay, kit ovlash sanoati Yaponiyada inqiroz yoqqasida turibdi, kit ovlovchilar 200dan ortiq emas, ularning kemalari ta’mirga muhtoj.
1960 yilda 200 ming tonna kit go‘shti iste’mol qilingan bo‘lsa, ayni yillarda bu ko‘rsatkich 3-4 ming tonnadan oshmayapti. 2010 yil mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovda respondentlarning 90 foizi kit go‘shtini umuman iste’mol qilmasligini aytgan. Kit oviga qo‘yilgan taqiqning olib tashlanishi faqat 25 foiz so‘rovnoma ishtirokchilari yoqlagan.
Yuqoridagilarni inobatga olsak, nega Yaponiya o‘z obro‘sini o‘rtaga tikib, xatarli qarorni qabul qildi? Axir Taydzidagi delfinlar mojarosidan so‘ng, hukumat o‘zini oqlashga majbur bo‘lgandi-ku.
Yapon hukumati keltirayotgan vajga ko‘ra, kit ovlash an’anaviy sanoat turlaridan biri, kit go‘shti esa milliy oshxonaning ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Mahalliy amaldorlardan biri shunday bayonot berdi:
«Biz quyon yeyishga ko‘nikmaganmiz, lekin Britaniya xalqidan quyon go‘shtindan taom tayyorlashni taqiqlab qo‘yishni so‘ramayapmiz», – deydi u.

Foto: Kyodo News/Kyodo News via Getty Images
Ammo bu argument unchalik ishonchli emas: ayrim tumanlarda kit ovlash faqat XX asrda ommalashgan. Ammo go‘shtni iste’mol qilishda yaponlar huzur bilan so‘zlab beradi.
«Yoshligimda maktab oshxonasida kit go‘shtidan tayyorlangan ovqat bo‘lardi. Biz cho‘chqa yo mol go‘shti nimaligini bilmas ulg‘aydik», – deb eslaydi tokiolik ayol. Uning aytishicha, hozir zamon o‘zgardi, go‘shtlarning turi ko‘paydi, tanlov uchun taklif ham ko‘p.
Shunga qaramay, Yaponiya hukumati bu orqali dengiz savdosi va sanoatida o‘z ulushini kengaytirish, turdosh yo‘nalishda ham faoliyatini rivojlantirishiga ishora qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar