date

12 yoshli qiz alangadan ukalarini qahramonlarcha qutqarib qoldi

12 yoshli qiz alangadan ukalarini qahramonlarcha qutqarib qoldi

AQSHning Jorjiya shtatida 12 yoshli qizning jasorati ko‘plab insonlarni hayratda qoldirdi. U yonayotgan uy ichida qolib ketgan ukalarini o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda qutqarib chiqdi. Bu haqda “Good News Network” nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in Jonsonlar oilasi yaqinda ko‘chib o‘tgan ikki qavatli xonadonda sodir bo‘lgan. Dastlab olov garaj qismida yuzaga kelib, qisqa vaqt ichida birinchi qavat bo‘ylab tez tarqalgan. Kuchli tutun va alangalar uy ichini qamrab ola boshlagan paytda bolalar hali xavfdan bexabar edi.

Maktabdan qaytayotgan Meysi Jonson avtobus oynasidan o‘z uyidan chiqayotgan tutunni ko‘rib qoladi. Vaziyatning jiddiyligini darhol anglagan qiz bir zum ham ikkilanmay uy tomon yuguradi. U ichkarida qolgan ukalarini ogohlantirish uchun bor ovozi bilan baqirib, ularni tezda tashqariga chiqishga undaydi.

O‘sha paytda ukalaridan biri hammomda bo‘lib, sodir bo‘layotgan hodisadan mutlaqo bexabar edi, yana biri esa garaj ustidagi xonada uxlab yotgan bo‘lgan. Meysining qat’iyati va tezkor harakati tufayli ular o‘z vaqtida uyg‘onib, xavfsiz joyga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

Voqea joyiga tezda yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar alangani bartaraf etib, yong‘inning yanada kengayib ketishining oldini olgan. Shunga qaramay, uyga va oilaning ayrim mulkiga sezilarli zarar yetgan.

Eng muhimi, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Mutaxassislar ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda.

Meysining jasorati esa ko‘pchilik tomonidan haqiqiy qahramonlik sifatida baholanmoqda. Uning tezkor qarori va qo‘rqmasdan harakat qilgani ikki bolaning hayotini saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 12 yoshli qiz alangadan ukalarini qahramonlarcha qutqarib qoldi