00:53 / 27.02.2019
5 950

Moskva viloyatilik ruhoniy ayollarni erkak do‘xtirlar qarshisida yechinmaslikka chaqirdi…

Moskva viloyatilik ruhoniy ayollarni erkak do‘xtirlar qarshisida yechinmaslikka chaqirdi…
Moskva viloyatiga qarashli «Zaysevo» qishlog‘ida joylashgan «Buyuk Vasiliy» ibodatxonasi ruhoniysi Andrey Tkachev «Sarыgrad» telekanali orqali chiqish qilib, xastalangan ayollarni erkak vrachlar qarshisida yechinmaslikka chaqirdi.

— O‘lib ketadigan og‘ir ahvolda bo‘lsangiz ham, — dedi ruhoniy. — Erkak vrach oldida yechinmang. Agar majburlay boshlasa, davolanishdan bosh torting-u, chiqib keting. Axir, u sizga nomahram. Nima uchun sizni qip-yalang‘ochlab taqiqlangan nuqtalaringizga qo‘l tekkizishi kerak? Xudoning qahri keladi-ku, singillar! Yo o‘limdan qo‘rqasizmi? Nega? O‘lish har bandaning boshida bor. Ertami-kechmi baribir ajali yetgan o‘lim topadi. Qolaversa, bu Yaratganning buyrug‘i. Shunday ekan, o‘lim siz uchun baxt sanalishi lozim. Siz o‘sha erkak vrachga ayting. «Men o‘lsam o‘lamanki, ammo nomusimni himoya qilaman! G‘ururimni pastga urishlariga yo‘l qo‘ymayman» deb ayting…

Ammo nasroniy diniga mansub odamlar Tkachevning bu gaplarini keskin tanqid ostiga oldi. Ayollar esa agar ruhoniyning o‘zi xastalansa, ayol vrach qarshisida yechinishi muqarrarligini misol qilib keltirishdi. Telekanal rahbariyati bu chiqishidan keyin ruhoniyni ko‘rsatuvlarda ishtirok etish huquqidan mahrum etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva viloyatilik ruhoniy ayollarni erkak do‘xtirlar qarshisida yechinmaslikka chaqirdi…