Qo‘shiqchi rekord uchun 106 soat tinmay kuyladi, deya ma’lum qilmoqda Darakchi.uz nashri.
Dominikanlik qo‘shiqchi jahon rekordi uchun 106 soat tinmay qo‘shiq aytdi, lekin Ginnes rekordlar kitobi vakillari uning urinishini muvaffaqiyatsiz deb topdi.
Karlos Silver (Carlos Silver) 29 mart kuni kuylashni boshlab, 3 aprelda kuylashdan to‘xtagan. Bu vaqt ichida u besh mingdan ortiq qo‘shiq kuylagan.
Karlos hirgoyisini to‘xtashi bilanoq, uni tez tibbiy yordam mashinasi olib ketgan. Kasalxonada Karlosda gallyutsinatsiyalar boshlangan.
Karlos jahon rekordini o‘rnatgan hindistonlik qo‘shiqchi Sunilu Vagmaredan bir soat ko‘proq kuylagan. Biroq kuzatuvchilar u qo‘shiqlar orasida ko‘p tanaffus qilganini aytishdi. Qoidaga ko‘ra, qo‘shiqlar orasida 30 soniya to‘xtash mumkin. Silver esa qariyb ikki daqiqacha dam olgan.
Ammo dominikanlik qo‘shiqchi yana bir bor rekord o‘rnatishga urinib ko‘rmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”