12:21 / 05.06.2019
3 615

Ekspert: "AQSh samolyotlari Suriyadan Afg‘onistonga tajribali jangarilarni tashimoqda"

Ekspert: "AQSh samolyotlari Suriyadan Afg‘onistonga tajribali jangarilarni tashimoqda"
Korotchenko ta’kidlashicha, AQSh harbiy transport aviatsiyasiga qarashli samolyotlari jangarilar bilan Afg‘onistonda birma-bir qo‘nmoqda.

“Vaziyat u yerda murakkab va noaniq. AQSh afg‘on qurolli kuchlarini mustahkamlash bilan birga, Afg‘onistonga Suriya va Iroqda tirik qolgan tajribali jangarilarni o‘tkazmoqda”, - deb ta’kidladi harbiy ekspert Sputnik nashriga.

Ekspertning fikriga ko‘ra, AQSh Markaziy Osiyo respublikalarida mavjud bo‘lgan muammolardan o‘z manfaatlarida o‘ynashi mumkin.

“U yerda harbiy-siyosiy barqarorlikni buzish, Afg‘onistondan terrorizmni sobiq ittifoq hududiga eksport qilish, Rossiya va Xitoyga katta muammo yaratish”, - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Korotchenko Rossiya AQShning bunday harakatlari natijasida vaziyat izdan chiqib ketmasligi uchun zudlik javob berishi kerakligini ta’kidladi.

Tojikiston qurolli kuchlari o‘z hududini himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni talab darajasida bajarishi uchun ko‘mak berish maqsadida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Dushanbega yaqinda tashrifi amalga oshirilganini qayd etdi.

Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov yanvarda aytgan so‘zlariga qaraganda, “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Rossiyaning janubiy chegaralarida qochoqlarni “siqib chiqarish” bilan keng miqyosli provokatsiyalarni tayyorlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert: "AQSh samolyotlari Suriyadan Afg‘onistonga tajribali jangarilarni tashimoqda"