17:33 / 20.06.2019
2 902

Tramp G20 sammitida Putin va Si Szinpin bilan uchrashishini tasdiqladi

Tramp G20 sammitida Putin va Si Szinpin bilan uchrashishini tasdiqladi
Foto: «TASS»
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin bilan Yaponiyada keyingi hafta o‘tadigan «Katta yigirmatalik» (G20) sammitida uchrashishini tasdiqladi, deb xabar berdi «Daryo.uz».

«Men Rossiya bilan kelishmoqchiman va o‘ylashimcha, shunday ham bo‘ladi. Men Xitoy bilan kelishmoqchiman va o‘ylashimcha, shunday ham bo‘ladi. Men ularning ikkisi bilan keyingi hafta Yaponiyada G20 sammitida uchrashaman», degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

«Ular kuchli davlatlar, biz esa juda kuchli davlatmiz», deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.

G20’ning navbatdagi sammiti 28—29 iyun kunlari Yaponiyaning yirikligi bo‘yicha 3-raqamli shahri – Osakada bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro tadbirda 30 ming kishi, jumladan «yigirmatalik» davlatlari yetakchilari, delegatsiyalari a’zolari va OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp G20 sammitida Putin va Si Szinpin bilan uchrashishini tasdiqladi