Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik politsiyachi Sadoqat Maqsudova qimmatbaho kiyimlarning pulini to‘lamasdan do‘kondan chiqib ketayotganida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Daryo.
Qayd etilishicha, 24 yoshli politsiya xizmatchisi Sadoqat Maqsudova 15 avgust kuni Staten Island savdo majmuasidan 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini bermasdan chiqib ketayotganida ushlangan.
Xabarda Maqsudova mayda o‘g‘irlikda ayblanib, xizmatidan vaqtincha chetlatilgani yozilgan. Sadoqat Maqsudovaning o‘zi esa o‘g‘irlik qilganini rad qilmoqda.
«Men bunga izoh berolmayman. Bu Nyu-York politsiya departamenti ichidagi narsa. Biz hali sudlashamiz. Lekin men ishdan haydalganim yo‘q, ishlayapman», — degan u.
Eslatib o‘tamiz, asli buxorolik bo‘lgan Sadoqat Maqsudova Nyu-Yorkka oilasi bilan 2009 yilda ko‘chib kelgan. U bir yarim yillik kadetlik kursidan so‘ng yaqinda Nyu-York politsiya akademiyasiga kirdi va olti oylik kursni bitirib, politsiya xizmatiga ishga qabul qilindi. U xizmatni o‘zbeklar ko‘p istiqomat qiladigan Bruklin tumanida o‘tamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?