Foto: EPA/CHRISTIAN CHARISIUS
Amerika maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden amaldorlar WhatsApp va Telegram messenjerlaridan foydalanmasliklari kerakligini aytdi.
U France Inter radiosiga intervyu berayotgan chog‘ida jurnalist Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp WhatsApp, prezident Emmanuel Makron esa Telegram messenjeridan foydalanishini aytdi. Snouden bunga javoban, vazirlarning WhatsApp’dan foydalanishlari “katta xato” ekanligini ta’kidladi. U Facebook kompaniyasi 2014 yildan mazkur ilovaning egasiga aylanganini aytdi.
"Ular turli himoya darajalarini qatlamma-qatlam o‘chirishadi", - dedi u.
Snoudenning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniyaga zarurat tug‘ilganda foydalanuvchilarning suhbat va yozishmalari mazmunidan xabardo bo‘lish imkonini beradi.
Shu bilan birga u Telegram borasida ham tanqidiy fikr bildirdi.
"Agarda bosh vazir bo‘lsangiz, har ikki dastur o‘ta xavfli", - qayd etdi u.
Ammo Snouden WhatsApp va Telegram SMS-xabarlardan ko‘ra xavfsizroq ekanligini e’tirof etdi.
U Signal va Wire messenjerlaridan foydalanishni tavsiya qildi. Snoudenning fikricha, bu ilovalarda shifrlash ancha yaxshi.
Snouden 2013 yilda The Washington Post va The Guardian nashrlariga AQSh va Britaniya maxsus xizmatlarining internetda kuzatuv olib borish dasturlari haqidagi maxfiy axborotni bergan. U dastlab Hongkongga, so‘ngra Moskvaga uchib, u yerda Sheremetevo aeroportining tranzit hududida ma’lum vaqt qolishiga to‘g‘ri kelgan.
Rossiya Snoudenga AQShga qarshi faoliyatini to‘xtatishi kerakligi sharti bilan bir yilga boshpana bergan. 2014 yil avgustda u nafaqat Rossiya bo‘ylab, balki xorijga sayohat qilishga imkon beruvchi 3 yillik yashash huquqini olgan. 2017 yilda ushbu huquq yana 3 yilga uzaytirilib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi