06:00 / 21.11.2019
2 125

Nyu York shahrida "Toshkent supermarket"i ochildi

Nyu York shahrida "Toshkent supermarket"i ochildi
Nyu Yorkda "Toshkent supermarket"i ochildi. Samarqandlik ishbilarmon tomonidan asos solingan ushbu supermarket Brighton hududida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Aksariyat o‘zbekistonliklar "Toshkent supermarket"ida ishlaydi. Ma’lumotlarda keltirilishicha, ularning ko‘pchiligi samarqandliklar ekan.

Bu ajoyib supermarketda istalgan o‘zbek, rus hamda yevropa taomlarini topishingiz mumkin. Nyu Yorkda istiqomat qiluvchilar mazali o‘zbek milliy taomlarini ishtaha bilan iste’mol qilib kelmoqdalar. Ayniqsa, yil bo‘yi ular turli xil meva va sabzavotlarni ko‘rib, ko‘zlari quvnashmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, milliy taomlarimizdan bo‘lmish osh hamda norin ko‘pchilik insonlarga xush yoqqan.

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bizning hamyurtlarimiz ularni "Barakalla o‘zbeklar!" deb ruhan qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda.

Darhaqiqat, biz jannatmakon o‘lkada istiqomat qilamiz. Avvallari bizning mamlakatimiz haqida chet ellik insonlar bilishmas edi. Ammo hozirgi kunga kelib, ko‘pchilik bizning yurtimiz haqida sekin-asta ma’lumot ega bo‘lishyapti. Biz esa bundan faxrlanamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu York shahrida "Toshkent supermarket"i ochildi