16:23 / 25.12.2019
4 820

Bryus Li yaxshi ko‘rgan so‘z 2019 yil iborasiga aylandi

Bryus Li yaxshi ko‘rgan so‘z 2019 yil iborasiga aylandi
Financial Times gazetasi o‘tayotgan yilning eng mashhur so‘zi sifatida Be water(“Suv bo‘l”) iborasini tanladi. Bu Gonkongdagi namoyishchilarning shiori edi. Bu haqda rasmiy nashr o‘z saytida ma’lum qildi.

Mazkur atama aslida yakkakurash san’ati falsafasida tez-tez qo‘llanilgan va 1970 yilda aktyor Bryus Li sharofati bilan mashhur bo‘lib ketgandi. Ayni paytda esa namoyishga chiqqanlar tomonidan qo‘llanilmoqda. Bu aksiya ishtirokchilarining o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishini anglatadi.

Ya’ni maxsus kuchlar ularga qarshi turish uchun yig‘ilgan paytda namoyishchilar tuman kabi tarqalib ketgan.
Nashrga ko‘ra, shaharning tor ko‘chalari bo‘ylab harakatlanar ekan, ular xuddi suv kabi “oqib ketgan”, agar ularni ushlab olishsa, “muz kabi qattiq” bo‘lib kurashishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bryus Li yaxshi ko‘rgan so‘z 2019 yil iborasiga aylandi