20:07 / 29.12.2019
2 745

Amerikalik Kristina Kox kosmik parvozlarning davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Amerikalik Kristina Kox kosmik parvozlarning davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Foto: CNN
Amerikalik astronavt Kristina Kox ayollar orasida kosmik parvozlarning davomiyligi bo‘yicha rekord natijani qayd etdi, deb yozadi Daryo.
Kox Xalqaro koinot stansiyasida joriy yilning 14 martidan beri qolmoqda. 28 dekabr, shanba kuni uning XKSdagi parvoziga 289 kun bo‘lgan.

Shu tariqa amerikalik fazogir hamkasbi Peggi Uitsonning rekordini yangilagan. Uitson o‘z vaqtida orbitada 288 kun bo‘lgan.

«Bu fan uchun ajoyib. Biz mikrogravitatsiyaning inson tanasiga uzoq vaqt davomida qanday ta’sir qilishini kuzatishimiz mumkin va bu bizning Oyga va Marsga uchish rejalarini amalga oshirish uchun juda muhimdir», — deydi Kox CNN’ga bergan intervyusida.

Yangi rekordchi XKSda 2020 yil fevraligacha qolishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik Kristina Kox kosmik parvozlarning davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi