5 846
Xitoyda koronavirusdan zararlanganlarni davolayotgan shifokorning o‘zi kasallanib, vafot etdi
Foto: Reuters
Xitoyning Uxan shahridagi Sinxua kasalxonasining jarrohi Lyan Udun vafot etdi. «Kommersant’»ning South China Morning Post’ga tayanib xabar berishicha, 62 yoshli erkakning vafotiga yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligi sabab bo‘lgan.
Tasdiqlangan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan 41 kishi vafot etdi, 1287 nafari virus yuqtirib oldi. Avstraliya va Malayziyada birinchi marta kasallanish holati qayd etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, shifokorda virus bilan zararlanishning dastlabki belgilari 16 yanvarda paydo bo‘lgan, 18 yanvar kuni kasalxonaga yotqizilgan. Koronavirus yuqtirib olgan shifokorlar soni rasman e’lon qilingan raqamlardan ham ko‘proq ekanligi aytilmoqda.
Xitoyning «thepaper.cn» nashri Pekinda koronavirus bilan zararlangan ikki bemor davolanib, kasalxonadan chiqqanini ma’lum qilgan. Uxan shahrida ham koronavirusdan yuzaga kelgan pnevmoniya sababli 15 yanvarda Shanxaydagi kasalxonaga yotqizilgan 56 yoshli bemor ayol kasallikdan davolangan edi. So‘nggi 6 kunda ayolning nafas olish tizimi yaxshilangan, yallig‘lanish belgilari yo‘q bo‘lgan, yangi koronavirusning nuklein kislotasiga nisbatan ikkita tekshiruvi salbiy natija bergan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi