Foto: EPA
Xitoyning Uxan shahrida 24 fevral holatiga ko‘ra, 195 kishi koronavirus bilan qayta kasallangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.
24 fevral holati bo‘yicha, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 77,1 ming kishini tashkil etmoqda. Virus oqibatida vafot etganlar soni 2592 kishiga yetgan.
South China Morning Post hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 2,2 ming kishida koronavirus aniqlangan (Xitoydan tashqari), bir sutka ichida virusni yuqtirib olganlar soni 416 nafarni tashkil etgan.
Kasallikka chalinganlarning aksariyati Yaponiyada — 838 kishi, ularning 630 nafari Diamond Princess sayohat kemasining yo‘lovchilari.
Koronavirus 2019 yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSH, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin koronavirus muammosini bartaraf etishiga ishonishini bildirdi. So‘nggi uch kun ichida Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 152 kishiga va vafot etganlar soni uch kishiga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?