Foto: «RIA Novosti»
Xitoyning materik qismida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 78 ming kishidan oshib ketgan, ulardan kamida 29 ming nafari davolanib, kasalxonadan chiqarilgan. Bu haqda Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lum qildi.
31 ta provinsiyadan olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq 78 064 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan, 29 745 kishiga kasalxonalardan uyiga javo berilgan, vafot etganlarning umumiy soni esa 2715 kishiga yetgan.
Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida so‘nggi bir sutka davomida 401 ta yangi kasallanish holatlari aniqlangan, 52 nafar bemor esa vafot etgan.
Yangi turdagi koronavirus infeksiyasi 2019 yil dekabr oyi oxiridan boshlab tarqala boshlangan edi. Kasallik Xubey provinsiyasi ma’muriy markazi Uxan shahridan tarqalgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallik bilan bog‘liq vaziyatni xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi?
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda