date
views 5 374

Koronavirusni to‘xtatib bo‘lmaydimi?

Koronavirusni to‘xtatib bo‘lmaydimi?
Foto: Google Photos
Covid-19 virusining «muvaffaqiyatli» yurishi davom etmoqda va uni to‘xtatish mumkin emasdek tuyulmoqda, deb yozadi The Science nashri.
O‘tgan hafta virus Eronda ommaviy tus oldi, qo‘shimchasiga Ummon, Bahrayn va Iroqda ham yuqish holatlari aniqlandi. Italiya shimolida o‘nlab shaharlarda virus tyfayli karantin e’lon qilindi.

Bir italyan shifokori skandinavlar dam olishni xush ko‘radigan Ispaniyaning Tenerife oroliga virus olib keldi. Avstriya va Xorvatiyada kasallik holatlari aniqlangani haqida xabar tarqaldi. Bu orada virus Janubiy Koreyada avj olib ketdi. Sayohat kemasi karantinga olinganidan so‘ng virus borasida Yaponiya matbuoti xabar bera boshladi.

Ehtimol, virus sezdirmasdan boshqa ko‘p joylarda ham tarqalmoqda. Londondagi Imperiya kolleji modellashtirish guruhining xulosalariga ko‘ra, «Xitoydan eksport qilingan virus»ning uchdan ikki qismi aniqlanmagan.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya atamasidan qochib, bu inqirozni dunyoning turli burchaklarida epidemiyaning takrorlanishi deb aytmoqda. Lekin ko‘p olimlar bu qanday atalmasin , virus tarqqlishining oldini olish imkoniyati qolmaganini aytmoqda. Oksford universiteti epidemiologi Kristofer Day «virus Xitoydan chiqib ketgani bois uni to‘xtatib qolish borasida pessimist bo‘lib qolayotganligini» ta’kidladi. Nensi Messone «Amerika jamoatchiligi bilan hamkorlik qilishini va vaziyat yomonlashuviga tayyor bo‘lish»ga chaqirdi.

Shu paytga qadar virusni bir hududda ushlab turishga ahamiyat berildi. Xitoyda virusning yoyilishini sekinlashtirish borasida chegaradan o‘tganlar, ular bilan aloqa qilganlar ikki haftagacha karantinda ushlab turildi. Agar SARS – Cov-2 deb nomlangan virus dunyoviy tus olgan ekan sayohat-u safarlarni vaqtincha bekor qilish, maktablarni bekitish, shifoxonalarni tayyorlash millionchi shaharlarni karantinga olsihdanda samaraliroq.

AQSH Xavfsizlik kengashining biologik himoya bo‘yicha eksperti Luchano Boria chegaraviy tadbirlar virusga qarshi kurashishda kam naf berishi, asosiy e’tibor virus oqibatlarini kamaytirishga qaratilishi borasida fikr bildirdi.

Hafta boshida virus bilan kasallanganlar soni 80 ming kishidan oshib ketdi. O‘lim holati 2 705 marta qayd etildi. Buning 97 foizi Xitoyda sodir bo‘ldi. Ayrim mamlakatlar Xitoyga parvozlarni bekor qildi. AQSH keyingi paytda Xitoyga borgan barcha amerikaliklarni karantinga olmoqda. Bir qator mamlakatlar Janubiy Koreya va Eronga nisbatan ham parvozlarni taqiqladi. Ayrim olimlar ushbu choralar ma’lum darajada foyda berganini, aks holda virus yana ko‘plab insonlarga yuqishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.

Aksar epidemiologlar sayohatlarni taqiqlash bilan vaqtdan yutib bo‘lmaydi degan fikrda. Taqiqlar ko‘pincha yoqimsiz oqibatlarga olib keladi. Zarur dori-darmonlarni yetkazib berishni va jamoatchilik ishonchiga ziyon keltiradi. Virus tarqalgan mamlakatlar soni ko‘payar ekan, virusni chegarada ushlab turish natijasi kamayib boraveradi. Xitoy iqtisodiyoti Covid-19 sabab ulkan zarar ko‘rdi. Xitoy dori-darmonlardan tortib mobil telefonlargacha mahsulotlarni eksport qiladi. Ishlab chiqarishdagi to‘xtashlar yetkazib berish zanjirini uzib qo‘yadi.

Xitoydagi xalqaro missiya rahbari Bryus Eylvard mahalliy choralar yordam berishiga ishonmoqda. Uning fikricha, Xubeydagi karantin holati Xitoyda kasallanganlar sonini 100 mingdan ko‘payishining oldini oldi.

Jorjtaun universiteti sog‘liqni saqlash huquqiy markazi eksperti Lourens Gostin ichki cheklovlar odamiylik nuqtai nazaridan Xitoyga qimmatga tushdi degan fikrda. U Xubey viloyati aholisining ruhiy salomatligidan xavotirda.

Xitoy strategiyasining ayrim jihatlaridan boshqa mamlakatlar foydalanishi mumkin. Xitoy ko‘rgan choralardan samara berganlari jamoat transportini to‘xtatish, ko‘ngilochar muassasalarni yopish, yig‘inlarni taqiqlash bo‘ldi. Bu virus tarqalishining kamayishiga olib keldi.

Bo‘lg‘usi kasallik bilan bog‘liq voqealarga yaxshiroq tayyorlanish uchun shifoxonalarda oldindan niqoblarni tayyorlab qo‘yish, qo‘shimcha koykalar sonini oshirish, gripp kabi kasalliklarga qarshi vaksinalar miqdorini ko‘paytirib qo‘yish, aholi o‘rtasida qo‘llarni tozalab yuvish, tashqariga chiqmaslik haqida ogohlantirish lozim. Barcha gap tezkor choralar ko‘ra bilishda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusni to‘xtatib bo‘lmaydimi?