
Real Madrid Ispaniya chempionatida Elchega qarshi safar oʻyiniga tayyorgarlik koʻrmoqda. Shanba kuni Xabi Alonsoning jamoasi mazkur oʻyin oldidan soʻnggi mashgʻulotni oʻtkazdi.
Madrid Xtra xabariga koʻra, mashgʻulotda toʻrt nafar futbolchi qatnashmadi. Ular himoyachilar Dani Karvaxal, Eder Militao va David Alaba hamda hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuonodir.
Shuningdek, Realning jarohatlangan futbolchilari roʻyxatida Antonio Ryudiger va Orеlеn Tchouameni ham bor. Ammo ularning safga qaytishi yaqinlashib qolgan.
Tez orada Real Elchega qarshi oʻyinda maydonga tushishi mumkin boʻlgan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qilishi kutilmoqda. Yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.