date

Merson: Holandga "Oltin to‘p" uchun nima yetishmayapti?

Merson: Holandga "Oltin to‘p" uchun nima yetishmayapti?
Londonning "Arsenal" jamoasi sobiq futbolchisi Pol Merson norvegiyalik hujumchi Erling Xolandning kelasi yili "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. "Xoland gol urishda davom etmoqda.

Lekin bu "Oltin to'p" uchun yetarlimi? Menimcha, yo'q.

Sening nechta gol urganing emas, balki Chempionlar ligasidagi ishtiroking hal qiluvchi ahamiyatga ega. Agar "shaharliklar" bu sovrinni yutishsa, Erlingning imkoniyatlari yuqori bo'ladi", - dedi ekspert Sportskeeda nashriga bergan intervyusida.

Angliya Premer-ligasi joriy mavsumida 25 yoshli skandinaviyalik hujumchi "Manchester Siti" safida 11 o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Merson: Holandga "Oltin to‘p" uchun nima yetishmayapti?