date

Andijonda xizmat uyida sodir bo‘lgan fojia yurtni qayg‘uga soldi

Andijonda xizmat uyida sodir bo‘lgan fojia yurtni qayg‘uga soldi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Andijon viloyatida ruhni titratuvchi, jamiyatni iztirobga solgan bir fojia qayd etildi. Ichki ishlar organlarida uzoq yillar davomida xizmat qilib kelgan xodim va uning bir nafar qizi o‘z xizmat uyida is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, xodim o‘z xizmat uyida vafot etgan. Uning yonida voyaga yetmagan ikki farzandi ham bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, farzandlaridan biri ham is gazidan zaharlanish oqibatida otasi bilan birga hayotdan ko‘z yumgan. Yana bir qizi esa omon qolgan bo‘lib, ayni paytda shifoxonada davolanmoqda. Shifokorlar uning holatini barqarorlashtirish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Is gazi chiqishiga nimalar sabab bo‘lgani, zararlanish qanday sharoitda sodir bo‘lgani va boshqa muhim jihatlar mutasaddilar tomonidan puxta o‘rganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda xizmat uyida sodir bo‘lgan fojia yurtni qayg‘uga soldi