date

Reper Kartraytning jasadini bo‘laklagan bevasi Marina 12,5 yilga qamaldi

Reper Kartraytning jasadini bo‘laklagan bevasi Marina 12,5 yilga qamaldi

Sud reper Endi Kartraytning (haqiqiy ismi - Aleksandr Yushko) bevasi Marina Koxalni 12,5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U erini o‘ldirish va marhumning jasadini tahqirlashda aybdor deb topildi, deb yozadi Pravilamag.

"Biz uning sud zalidan sayr qilish uchun emas, balki soqchilar nazorati ostida, jamiyatdan izolyatsiya qilingan joylarga ketayotganidan xursandmiz. Biz hukm adolat tamoyillariga javob beradi, deb hisoblaymiz," - dedi Yushkoning qarindoshlari advokati Anton Kobit.

Endi Kartraytning bo‘laklangan jasadi 2020 yil iyul oyi oxirida Peterburgdagi kvartiradan topilgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, Koxal 29 iyuldan kechiktirmay mojaro paytida Kartraytga insulin analogini in’eksiya qilib, uni o‘ldirgan. Keyin uning tanasini bo‘laklarga ajratdi.

Koxalning o‘zi Kartrayt giyohvand moddalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishdan vafot etganini da’vo qildi, shundan so‘ng u erining o‘limini muxlislardan yashirishga qaror qildi. Ayol o‘z aybini tan olmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Reper Kartraytning jasadini bo‘laklagan bevasi Marina 12,5 yilga qamaldi