
Hindistonda yuraklarni ezgan, biroq umid bag‘ishlaydigan voqea sodir bo‘ldi. Qariyb yarim asr avval bedarak yo‘qolgan Rikhi ismli erkak ortiqcha ishonch ham qolmagan bir paytda, 45-yil deganda o‘z oilasini topdi. Bu haqda “Times of India” yozdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rikhi Himachal-Pradesh shtati Sirmaur tumanidagi Sataun mintaqasida, Shimladan 120 kilometr nariroq joylashgan Nadi qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1980-yilda uyini tark etib, Haryana shtati Yamunanagar shahrida mehmonxonada ishlay boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, u og‘ir avtohalokatga uchrab, bosh miya zarbasi oqibatida butun xotirasini yo‘qotgan.
Shu tufayli Rikhining ota-onasi uning omon qolganiga ishonmagan, hatto qaytishini ham umid qilmagan. Ta’qdir aylanishi bilan yosh yigit keyinchalik Mumbayga ko‘chib o‘tib, o‘zini Ravi Chaudhary deb tanitadi, uylanib, yangi hayot qurib yuraveradi. Bu jarayonda o‘tmishini to‘liq unutgan.
Bir necha oy avval esa taqdir yana uni sinovga soldi: boshiga yana zarba tegishi natijasida bolalik xotiralari parcha-parcha bo‘lib qayta boshladi. Xotinining ko‘magi bilan Rikhi o‘z kelib chiqishini aniqlagan va tug‘ilgan qishlog‘ini izlab topishga qaror qilgan.
15-noyabr kuni u 1600 kilometrlik uzoq yo‘lni bosib o‘tib, Nadi qishlog‘idagi uyiga qaytdi. Unga eshik ochganlar — uzoq yillar davomida uni yo‘qotganiga ishongan aka-uka va opa-singillari edi.
Oila a’zolari bilan uchrashuv — 45-yillik og‘riq, so‘nish va intizorlikka chek qo‘ygan, ko‘z yosh va quvonchga to‘la daqiqa bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.