08:00 / 30.03.2020
2 070

Dunyodagi tadbirkorlar koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam berishmoqda?

Dunyodagi tadbirkorlar koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam berishmoqda?
Koronavirus pandemiyasi ko‘plab mamlakatlarda biznesga ulkan zarar keltirdi va keltirmoqda.
Ammo insonlarga yordam berishni o‘z burchi deb bilgan aksariyat kompaniyalar saxovat ulashishda davom etmoqda.

Keksalarga yordam
Britaniyadagi Bengal Cottage hind taomlari restorani keksalarga bepul guruch va ziravorlar yetkazib bermoqda. dostavlyayet besplatnie ris i karri pojilim lyudyam. Restoran egasi Muhammad Sohib Miah bu ishini «virus yo‘qolmagunicha har kuni» amalga oshirishga va’da berdi.

AQSHning Oklaxoma shtatidagi Angel’s Diner restorani egasi Anjela Bernxardt yoshi 55dan oshganlar uchun bepul taom yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi.

Yangi Zelandiyadagi Domino’s Pizza tarmog‘i koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmagunicha keksalar bepul taom yetkazib beradi. Yoshi 70dan oshganlar haftada bir marta bepul taomga buyurtma berishi mumkin.

AlexZan niki ostidagi startapchi yordamga muhtojlar va yordam beruvchilarni birlashtiradigan ilova yaratish uchun jamoa tuzayotganini e’lon qildi. Ilova orqali uyida o‘tirgan keksalar qanday narsalarga ehtiyoji borligini yozishadi. Ularning yaqin-atrofida bo‘lganlar bu xabarni olishadi hamda keksalarga kerakli narsalarni xarid qilib uylariga keltirib berishadi.

Barcha muhtojlarga yordam
Kaliforniyadagi Valenti and Co restorani egasi Dulio Valenti do‘konlar peshtaxtalaridan g‘oyib bo‘lgan ashyolarga muhtoj kishilarga yordam berishga qaror qildi. Bu yerda hojatxona qog‘ozi, qo‘l sochiqlari, idish yuvish vositalari bepul beriladi. Restoran shuningdek, xohlovchilarga sirtlarni dezinfeksiya qilish vositalarini ham bepul taqdim etishga tayyor.

«Dodo Pitssa» pitsseriyasi egasi Fyodor Ovchinnikov pitssadan tashqari tanqis mahsulotlar: qadoqlangan suv, sanitayzer va tibbiyot niqoblari yetkazib berishini ma’lum qildi. Pitsseriya hozirda bu mahsulotlarni eng arzon narxlarda yetkazib beruvchilarni izlamoqda.

Tibbiyot xodimlariga yordam
«Yandeks» tibbiy va ijtimoiy xizmatlarga ko‘mak berish loyihasini ishga tushirmoqda. Kompaniya shifokorlarni eltish, mahsulotlar, dori-darmon, koronavirus testlari yetkazib berishni rejalashtirmoqda. IT-gigant hamkorlari bilan birgalikda «Yandeks.Taksi» xizmatiga ulangan minglab mashinalardan iborat parkni shakllantirmoqda. Ijtimoiy muhim buyurtmalarni amalga oshiradigan haydovchilar uchun «Yandeks» 250 mln rubl mablag‘ ajratadi. Haydovchilar muntazam ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi, avtomobillari esa dezinfeksiya qilinadi. Loyihani Moskva va Qozonda amalga oshirish boshlandi.

Mark Sukerberg Facebook sahifasida uning kompaniyasi 720 ming dona tibbiy niqobni xayriya qilganini yozdi. «Biz shifokorlarga jo‘natish uchun yana millionlab niqob izlayapmiz», deb yozdi u.

Apple rahbari Tim Kuk Twitter akkauntida uning kompaniyasi Yevropa va Amerikadagi tibbiyot xodimlariga millionlab niqob jo‘natishini ma’lum qildi. U shifokorlarni «qahramonlar» deb atadi va ularga Apple nomidan minnatdorlik bildirdi.

Salesforce rahbari Mark Benioff Twitter orqali uning kompaniyasi Kaliforniya universitetidagi tibbiyot markaziga 9 ming dona niqob jo‘natganini yozdi. Salesforce markazga yana 5 mln dona niqob jo‘natmoqchi.

Johnson & Johnson Xitoyga 1 mln dona niqob, 48 ming shisha izopropil spirti, elektroxirurgiya generatori va 1,3 ming quti Acuvue kontakt linzalarini taqdim etdi. Kompaniya shuningdek Xitoy Qizil xoch jamiyatiga 1 mln yuan o‘tkazib berdi.

Kompyuter o‘yinlari ishlab chiquvchi Playrix kompaniyasi koronavirusga qarshi kurashga 100 mln rubl ajratadi. Mablag‘ kompaniya ofislari joylashgan Petrozavodsk, Ivanovo, Kaliningrad, Barnaul va Velikiy Novgorod shaharlariga yo‘naltiriladi. Playrix 25 mln rublni Vologda oblastidagi tibbiyot muassasalari uchun o‘pkani sun’iy shamollatish va rentgent uskunalari sotib olishga sarflaydi. Qolgan 75 mln rubl boshqa hududlar uchun tibbiyot texnikasi, himoya va dezinfeksiya vositalari sotib olishga sarflanadi.

Fransiyalik Per Markolinining shokolad mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Parijdagi kasalxonalarning xodimlariga shokolad va pishiriqlar jo‘natdi. Yana bir shokoladchi Jak Jenan tibbiyot xodimlariga «mardlik va xotirjamlik» baxsh etish uchun 500 kilo shokolad tuhfa qildi. «Pyurkiar» kompaniyasi Parij, Marsel, Tuluza va Salon-de-Provans kommunasidagi tibbiyot xodimlariga shokolad jo‘natmoqda.

DOSTYP xayriya fondi shifokor va hamshiralarga yordam berish ko‘zda tutilgan #boremsyavmeste loyihasini ishga tushirdi. Unda tayyor taomlar ratsionini ishlab chiqaruvchi Performance Group kompaniyasi ishtirok etmoqda. Kompaniya koronavirusga chalingan bemorlarga qarayotgan 50 nafar shifokor va hamshiradan iborat jamoani kuniga besh marta taom bilan ta’minlashga va’da berdi. Performance Group shuningdek, Kommunarkadagi 40-kasalxonaning 200 nafar xodimi uchun nonushta yetkazib beradi. Kompaniya asoschisi boshqa klinikalarga ham vaziyat barqarorlashmaguniga qadar taom yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchi Ndemic Creations kompaniyasi sog‘liqni saqlash tashkilotlari uchun 250 ming dollar xayriya qildi. Mablag‘lar Epidemiyalarga tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha innovatsiyalar koalitsiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga o‘tkazib berildi.

Boshqa chora-tadbirlar
«Yandeks» servislari koronavirus yuqtirib olgan va karantinda bo‘lgan haydovchi hamda kurerlarga pul to‘lash uchun fond tashkil etmoqda. Shu kungacha «Yandeks» koronavirusga qarshi 1,5 mlrd rubldan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi.

Amerikadagi yuk mashinalari va omborlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanuvchi U-Haul kompaniyasi o‘quv muassasalaridan uzoqda yashovchi talabalarga o‘z saqlash kameralarini 30 kunga bepul taqdim etdi.

«Safmar» guruhi egasi Mixail Gutseriyev Moskva meri Sergey Sobyaninga koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun o‘z resurslaridan foydalanishni taklif qildi. Moskvadagi «Marriot», «Xilton», «Interkontinental» va boshqa mehmonxonalar «Safmar» guruhiga qarashli.

Kanadadagi Strathcona Spirits vino zavodi antiseptiklar ishlab chiqarish va tarqatishni boshladi. Kompaniya pandemiyaga qaramasdan ishlayotgan tashkilotlarga dezinfekyiya vositalarini bepul taqdim etmoqda.

Pernod Ricard (Absolut, Jameson spirtli ichimliklari) kompaniyasi sanitayzerlar ishlab chiqarishni boshladi. LVMH (Louis Vuitton, Moyot, Hennessy) kompaniyasi Parijdagi kasalxonalarga o‘zi ishlab chiqargan antiseptiklarni yetkazib bermoqda. L’Oréal kosmetika kompaniyasi kosmetika o‘rniga antiseptiklar ishlab chiqarmoqda va ko‘ngillilar uchun 1 mln yevro xayriya qildi.

Rossiyada AB InBev Efes pivo ishlab chiqaruvchisi hukumatdan litsenziya olmasdan antiseptiklar ishlab chiqarishga ruxsat so‘radi. Kompaniya kuniga 400 litrgacha gel ishlab chiqarishi va bepul tarqatishi mumkin. Faberlic esa sanitayzerlar ishlab chiqarish uchun sertifikatsiyani kutmoqda. Kompaniya ishlab chiqargan mahsulotining bir qismini koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtabga bermoqchi, qolgan qismi esa sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi tadbirkorlar koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam berishmoqda?