18:25 / 02.04.2020
2 915

Uxanlik fuqaro shaharda hozirgi ahvol qandayligi haqida gapirib berdi

Uxanlik fuqaro shaharda hozirgi ahvol qandayligi haqida gapirib berdi
Foto: Getty Images
Xitoyning COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlangan Uxan shahrida yashovchi Tagir Izmailov shahardagi ayni paytdagi vaziyat haqida gapirib berdi, deb xabar bermoqda RTga tayanib Daryo nashri.

Uning aytishicha, 8 aprelga qadar hamma ham metro xizmatidan foydalanish huquqiga ega emas. «Mobil telefoningizda karantin paytini hech qanday kasalliklarsiz o‘tkazganingizni, ya’ni virusdan xoli ekaningizni ko‘rsatuvchi profaylni ko‘rsatishingiz kerak», — deydi u.

Uning ta’kidlashicha, shaharda hech kim niqobsiz yurmaydi, megapolisda hali ham ruxsatnoma asosida kirish-chiqish tizimi amal qilmoqda.

«Ya’ni shahar hali to‘liq ochilgani yo‘q, lekin bunga oz qoldi — 1 hafta… Aytish mumkinki, Xitoy mentalitetining o‘ziga xosligi hukumatga qo‘l keldi. Aynan bugun ko‘chaga chiqqanimda haqiqatan ham ancha odam uyda o‘tirganini angladim. 14 million aholiga ega shaharda 2 haftacha oldin atigi bir juft mashina, bir juft odam bor edi xolos», — deydi Izmailov.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati shaharga kirish-chiqishni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 22 yanvar kuni yopib qo‘ygandi. Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 25 mart kuni yarim tundan boshlab provinsiyaga kirish-chiqishda cheklovlar olib tashlanganini ma’lum qilgan. Faqat Uxan shahrigina hozircha bundan mustasno. Karantin rejimini 8 aprelda olib tashlash rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uxanlik fuqaro shaharda hozirgi ahvol qandayligi haqida gapirib berdi