Foto: «RIA Novosti»
Checheniston hukumati karantin rejimini kuchaytirishga qaror qildi. Mamlakat yetakchisi Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanali orqali soat 20:00 dan 8:00 ga qadar butun mamlakatdagi aholi punktlarida har qanday transport va piyodalar harakati to‘xtatilishini ma’lum qildi. Ushbu yangi choralar 3 apreldan kuchga kiradi.
Ta’kidlanishicha, alohida tashkilot va xizmatlar bundan mustasno, biroq Qodirov ularning ro‘yxatini hali taqdim etmagan.
Respublika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu cheklov chorasi majburiy ravishda qabul qilinmoqda. «Pala-partish choralar bilan koronavirusni jilovlab bo‘lmaydi. Tarqalish zanjirini sindirish kerak», — deydi Ramzan Qodirov.
Natijada Checheniston fuqarolar harakatlanishi ma’lum soatlar oralig‘ida cheklab qo‘yilgan Rossiyaning ilk mintaqasiga aylandi.
Pandemiya boshlanganidan buyon Checheniston hukumati cheklov choralarini joriy etmoqda. Aynan ushbu mintaqada birinchi bo‘lib barcha restoran, kafe va ommaviy to‘planish joylari yopildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?