
Butun dunyo olimlari, tibbiyot sohasidagi yetakchi mutaxassislar hozirda koronavirus pandemiyasini yuzaga keltirgan COVID-19 infeksiyasining ta’siri, uni davolash usullari haqida fikr bildirmoqdalar. Kasallik eng ko‘p tarqalgan mamlakatlardan birida faoliyat yuritib, ko‘plab bemorlarni kuzatgan, davolagan shifokorning ham bu boradagi fikrlari e’tiborga loyiqdir.
"AQSHda yuzlab bemorlarni davolaganimdan so‘ng COVID-19 og‘ir virusli o‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya) yoki o‘tkir o‘pka respirator distress-sindromiga olib kelmaydi. O‘pka butkul zararlanmagan bo‘lib, sun’iy shamollatish apparatida ham normal faoliyat yuritadi. COVID-19 virusi noyob ta’sirga ega, bunda u qondagi gemoglobinga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada og‘ir gipoksemiya (ya’ni qonda kislorod miqdori kamayib ketishi) va poliorgan yetishmovchiligi yuzaga keladi.
O‘tkir o‘pka respirator distress-sindromini o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasi apparati bilan davolash choralari davolash o‘rniga o‘pkani shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Rentgenografiya va kompyuter tomografiyasida infiltratsiya virusli pnevmoniya emas, balki kimyoviy pnevmonit sababli kelib chiqqani aniqlandi. Virus porfiringa bog‘liq bo‘lgani uchun u erkaklarda og‘irroq kechadi, shuningdek diabeti bor bemorlar va qariyalarda og‘ir kechadi.
Organizmda gemoglobin qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi hisobalandi, shuning uchun bolalarda kasallikning xavfi kam. Virus iste’mol qilinayotgan suvda nitrat miqdorining ko‘payishi natijasida metgemoglobinemiya kasalligining rivojlanishi yoki is gazi bilan zaharlanishidek ta’sir ko‘rsatadi", deydi AQSHda koronavirusdan yuzlab bemorlarni davolagan shifokor Hany Mahfouz.
Xulosa qilib aytiladigan bo‘lsa, COVID19 pnevmoniya (o‘pka yallig‘lanishi) yoki o‘tkir respirator kasallik chaqirmaydi. Koronavirus gemoglobin bilan bog‘lanib, temir ionini chiqaradi. Natijada gemoglobin kislorodni o‘zida ushlab turish xususiyatini yo‘qotib, organizmdagi organlarga havo yetib bormaydi.
Qon aylanishida paydo bo‘ladigan qon ionlari shunchalik zaharliki, u o‘pkani kuchli oksidlash orqali zarar yetkazadi. Kompyuter-tomografik tekshiruvlarda hamisha bemorlarda ikki tomonlama “xira oyna” tipidagi patologik zichlashuv kuzatiladi. Bu esa pnevmoniya deb noto‘g‘ri talqin etiladi. Bemorlarda temir moddasining ko‘pligi o‘z navbatida organizmning temirga qarshi kurashishga bor resurslarni sarf etishiga olib keladi.
Koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan malyariyaga qarshi dori preparatlari, xususan xloroxin, qonga malyariya parazitlarining kirib kelishidan himoya qiladi, lekin gemoglobin miqdorini oshirishga xizmat qilmaydi.
Amerikalik olimning bu taxmini nima uchun koronavirus tufayli o‘lim holatlari ko‘payayotganini va o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi nima uchun katta samara bermayotganini tushuntirish mumkin. Aslida, o‘pkani sun’iy shamollatish befoyda va o‘pkaga faqat zarar keltirayotgan bo‘lishi ham taxmin qilinmoqda.
Albatta, patogenezni aniq tushunish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar olib borilishi kerak. Negaki, kasallikni yengish uchun to‘g‘ri davolash usullari qo‘llanilishi talab etiladi. Kasallik aslida qanday kechishini bilmay turib, uni davolash, tabiiyki, befoyda.
COVID-19O‘pka Yallig‘lanishiTibbiyot MutaxassislariKoronavirus PandemiyasiShifokor FikriOrganizmda Gemoglobin O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar