date

Endi yerliklar o‘zga sayyoraliklarni tinch qo‘ymaydi

Endi yerliklar o‘zga sayyoraliklarni tinch qo‘ymaydi
Insoniyatning asrlar davomidagi orzusi — koinotdagi boshqa aqlli mavjudotlarni topish yo‘lida yana bir qadam tashlandi. Pensilvaniya universiteti olimlari olib borgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, radioto‘lqinlarga asoslangan sun’iy signallar orqali kosmosda yangi hayot shakllarini qidirish mumkinligi ilmiy jihatdan tasdiqlandi.

Tadqiqot hammuallifi, professor Jozef Latsio ta’kidlashicha, bugungi kunda olimlar insoniyat tomonidan haligacha amalda qo‘llanmagan eng kuchli radio to‘lqin signalini koinotga yo‘llamoqda. Uning fikricha, bu ilmiy yutuq kelajakda Yerdan tashqarida mavjud bo‘lishi ehtimoldan xoli bo‘lmagan sivilizatsiyalarni o‘rganishda hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin.

Mutahassislar ta’kidlashicha, signalning kuchayishi va uning uzoq galaktikalarga yetib borishi orqali inson aqliga yaqin bo‘lgan boshqa sivilizatsiyalarning ehtimoliy javoblari olinishi mumkin. Shu orqali insoniyat faqat astronomik kuzatuvlar va teleskoplarga tayanish bilan cheklanib qolmasdan, balki bevosita muloqotga yo‘naltirilgan yo‘ldan ham harakat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Endi yerliklar o‘zga sayyoraliklarni tinch qo‘ymaydi