Toshkent maktablarida yuqori sinflarga kamera o‘rnatiladi

1 daqiqa o'qish320
Toshkent maktablarida yuqori sinflarga kamera o‘rnatiladi

Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablarining 10- va 11-sinf xonalariga maxsus kuzatuv kameralari o‘rnatilishi belgilandi. Bu orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomati, ularning fanlarga qiziqishlari hamda ta’lim sifatini samarali nazorat qilish imkoni yaratiladi.

Shu bilan birga, maktablarda “Smart School” elektron tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Mazkur dastur orqali sinflarda o‘quvchilarning darsda ishtirok etish darajasi, ta’lim sifati hamda o‘quvchilarning psixologik holati sun’iy intellekt vositasida aniqlanadi. Shuningdek, fanlarga qiziqish ko‘rsatkichlari hamda o‘qituvchilarning pedagogik mahorat darajasi haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Shahar hokimi qaroriga muvofiq, mazkur tashabbus yuqori sinflarda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning davomatini kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Kameralar har bir tuman mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Olmazor tumanida tajriba sifatida 31 ta umumta’lim maktabidagi 250 ta sinfxona “Smart School” dasturi bilan jihozlangan edi. Sinov natijasida ushbu tizim orqali ta’lim jarayonini nazorat qilish, o‘quvchilar davomatini hisobga olish va ularning fanlarga qiziqishini tahlil qilishda yuqori samara ko‘rsatgan.

Mutasaddilarning fikricha, mazkur loyiha butun Toshkent maktablarida amalga oshirilsa, ta’lim jarayoni sifatini oshirishda muhim qadam bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning intizomini kuchaytirish va ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?